SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
E'lon

SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA QABUL BOSHLANDI!

1 iyun 2026 22:48 337 marta o'qildi
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA QABUL BOSHLANDI!

Qo'shimcha rasmlar

1 ta rasm

Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari! Kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lishni va yurtimizning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni maqsad qilganmisiz? Unda Samarqand davlat universiteti akademik litseyi sizga o‘z eshiklarini ochadi!
📆 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-iyundan 10-iyulgacha davom etadi.
💻Qabul shakli: Mutlaqo ONLAYN.
📥 Hujjatlarni topshirish qanday amalga oshiriladi?
Abituriyentlar akademik litseyga hujjatlarini uydan chiqmagan holda, quyidagi elektron portal orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin:
🌐 Portal manzili: ➡️ my.edu.uz

📑Topshiriladigan kerakli hujjatlar ro‘yxati:
🔹Abituriyentning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki ID-kartasi (pasport);
🔹3x4 hajmdagi rangli fotosurat;
9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat) nusxasi;
🔹Til bilish sertifikatlari (IELTS, CEFR va h.k.) yoki fan olimpiadasi sovrindorligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa, imtiyoz beriladi).
⭐️ Nima uchun aynan SamDU akademik litseyi?
🎓 SamDUning tajribali professor-o‘qituvchilaridan saboq olish imkoniyati;
🔬 Zamonaviy laboratoriyalar va shinam o‘quv xonalari;
📚 Boy kutubxona va axborot-resurs markazi;
🛏 Viloyatlardan kelgan o‘quvchilar uchun barcha sharoitlarga ega shinam Yotoqxona va 3 mahal issiq ovqat (Turar joy);
🏅 Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariga yuqori darajada tayyorgarlik.
📞 Qo‘shimcha ma'lumot va aloqa:
Savollaringiz bormi? Bizga bog‘laning yoki litseyimizga tashrif buyuring:
☎️Telefonlar:
+998 (66) 232-11-79
+998 (66) 232-11-80
+998 (91) 188-80-89
+998 (97) 923-77-46
📍 Manzil: Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy.
🗺 Mo‘ljal: SAMMI klinikasi (Respublika shifoxonasi) qarshisida.

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

“Yosh kitobxon” tanlovi E'lon
22 may 2026 312

“Yosh kitobxon” tanlovi

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida joriy yilning 22–23-may kunlari soat 13:00 da akademik litsey o‘quvc...

Batafsil

Yopish uchun ESC tugmasini bosing