Sharof Rashidov nomidagi SamDU 1-sonli akademik litseyi o‘quvchilari ilm-fan maydonida yana bir bor yuksak natijaga erishdi!

Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi o‘quvchilari ilm-fan maydonida yana bir bor yuksak natijaga erishdi!
🏅Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida akademik litseyimizning 2-bosqich o‘quvchisi
Muratov Asilbek Ilyosovich biologiya fanidan faxrli 3-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga munosib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Bu yutuq — o‘quvchining mehnati va tirishqoqligi bilan birga, albatta, biologiya fani o‘qituvchisi Haydarova Ra’no Anorboyevnaning fidokorona mehnati va o‘qituvchilik mahoratining samarasidir.
🎉 Akademik litsey jamoasi Muratov Asilbekni va ustoz Ra’no Anorboyevnani ushbu yuksak natija bilan muborakbod etadi.Ularning mehnati e’tirof etilib, akademik litsey tomonidan pul mukofotlari hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Kelgusi — Respublika bosqichida ularga yanada ulkan zafarlar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi — yutuqlar sari yetaklaydigan maskan