SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
E'lon

📢 SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA QABUL BOSHLANDI!

5 iyun 2026 10:41 510 marta o'qildi
📢 SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA QABUL BOSHLANDI!

📢 SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA QABUL BOSHLANDI!

Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari!

Kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lishni va yurtimizning eng nufuzli universitetlarida xususan shahrimizdagi eng yirik ta`lim dargohi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida tahsil olishni maqsad qilganmisiz? Unda Samarqand davlat universiteti akademik litseyi sizga o‘z eshiklarini ochadi!

Bu yerda sizni nafaqat imtihonlarga tayyorgarlik, balki haqiqiy akademik muhit kutadi: SamDU professorlaridan darslar, fanlarni chuqur o‘rganish va qulay kampusda yashash imkoniyati.


📆 Muhim sanalar va qabul shakli

  • Hujjatlar qabuli muddati: 2026-yil 10-iyundan 10-iyulgacha
  • Qabul shakli: MUTLAQO ONLAYN (litseyga kelmasdan)

📥 Hujjatlarni qanday topshirish bosqichma-bosqich?

Abituriyentlar uydan chiqmasdan, yagona elektron portal orqali ariza topshirishlari mumkin:

🌐 Portal manzili: 👉 my.edu.uz

Kerakli hujjatlar (elektron shaklda yuklanadi):

  1. Abituriyentning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki ID-kartasi (pasport)
  2. 3×4 hajmdagi rangli fotosurat
  3. 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi attestat nusxasi
  4. (Mavjud bo‘lsa — imtiyoz sifatida) Til bilish sertifikatlari (IELTS, CEFR va b.) yoki fan olimpiadalari sovrindorligini tasdiqlovchi hujjatlar

✅ Barcha hujjatlar my.edu.uz portalining shaxsiy kabinetiga yuklanadi.


✨ Nima uchun aynan bizning litsey?

Bizni tanlab, siz natijaga erishadigan tizimni tanlaysiz:

  • 🎓 SamDU professor-o‘qituvchilari – darslarni universitetning tajribali professor va dotentlari olib boradi.
  • 🔬 Zamonaviy baza – eng yangi laboratoriyalar, qulay o‘quv xonalari va boy kutubxona hamda axborot-resurs markazi.
  • 🛌 Boshqa shaharlardan kelganlar uchun to‘liq pansion – qulay yotoqxona va litsey hududida 3 mahal issiq ovqat.
  • 🏅 Sifat kafolati – oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga maqsadli tayyorgarlik.

📞 Kontaktlar va manzil

Savollaringiz bormi? Qo‘ng‘iroq qiling yoki tashrif buyuring!

☎️ Qabul komissiyasi:

  • +998 (66) 232-11-79
  • +998 (66) 232-11-80
  • +998 (91) 188-80-89
  • +998 (97) 923-77-46

📍 Manzil: Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy.
🗺️ Mo‘ljal: SAMMI klinikasi (Respublika shifoxonasi) qarshisida.

📱 Telegram kanalimiz: @samdualuz


🚀 Shoshiling! O‘rinlar soni cheklangan. Muvaffaqiyatli martaba sari ilk qadamni biz bilan tashlang.

 

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

“Yosh kitobxon” tanlovi E'lon
22 may 2026 304

“Yosh kitobxon” tanlovi

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida joriy yilning 22–23-may kunlari soat 13:00 da akademik litsey o‘quvc...

Batafsil

Yopish uchun ESC tugmasini bosing