SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
Yangilik

“Vatan bo‘ylab sayohat” — tarixiy meros sari ma’rifiy sayohat

29 aprel 2026 10:35 153 marta o'qildi
“Vatan bo‘ylab sayohat” — tarixiy meros sari ma’rifiy sayohat

Qo'shimcha rasmlar

6 ta rasm

Samarqand davlat universiteti akademik litseyining aniq fanlar yo‘nalishi 106-guruh o‘quvchilari ishtirokida ichki turizmni rivojlantirish hamda yoshlar orasida sayohat madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar Imom al-Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Ruxobod maqbarasi, Registon ansambli, Islom Karimov haykali, Bibixonim maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Hazrati Xizr maqbarasi, Islom Karimov qabri, Xo‘ja Doniyor maqbarasi hamda Mirzo Ulug‘bek haykali va rasadxonasini ziyorat qildilar.
Mazkur sayohat o‘quvchilarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

Yopish uchun ESC tugmasini bosing