Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan sportning futzal turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa 2026-yil 6–23-aprel kunlari litseyning sport zalida bo‘lib o‘tdi. Unda jami 185 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, jamoaviylik, chaqqonlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 205-guruh
🥈 2-o‘rin — 203-guruh
🥉 3-o‘rin — 105-guruh
Musobaqaga jismoniy tarbiya rahbari J.Fattayev hakamlik qildi.
Mazkur sport tadbiri o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.