Akademik litseyimizda yoshlarni kiberjinoyatlardan ogoh etish hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, kapitan Nuraliyev Jo‘rabek Shavkatovich ishtirok etib, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Tadbir o‘quvchilarning huquqiy ongini oshirish va zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.