Ta'lim sifatini eng yuqori darajaga olib chiqish, har bir o'quvchining individual iqtidori va salohiyatiga to'g'ri yo'nalish berish biz uchun bosh mezon hisoblanadi. Shu maqsadda, dars mashg'ulotlari boshlanishidan avval barcha o'quvchilarimiz uchun maxsus "Placement test" — bilim darajasini aniqlovchi sinov imtihonlari tashkil etildi.
Shaffof va xolis o'tgan ushbu test natijalariga tayanib, o'quvchilarimiz o'zlashtirish va bilim ko'nikmalariga mos ravishda maxsus guruhlarga ajratildi. Ushbu zamonaviy yondashuv nafaqat darslarning samaradorligini keskin oshiradi, balki har bir guruhda teng kuchlilar o'rtasida sog'lom va qizg'in raqobat muhitini ham shakllantiradi. Axir, o'ziga xos raqobat bor joyda doimo o'sish va rivojlanish bo'ladi!
Ilm yo'lidagi bu mashaqqatli, ammo sharafli safarda barcha o'quvchilarimizga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Zero, buyuk kelajak va yorug' manzillar aynan shu yerdan, o'quv partalari ortidan boshlanadi! Oq yo'l, aziz o'quvchilar!